Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
#Маҳалла_еттилиги_фаолияти
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI VA KOMISSIYA RAISI ISHTIROKIDA IXTISOSLASHTIRILGAN BOG‘CHA XODIMLARI ANONIM TESTDAN O‘TKAZILDI.
янв.21
“ОБОД”НИНГ ЯНГИ БИНОСИ
янв.21
#Депутат_назорати
янв.21
DEPUTAT E’TIBORIDA: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат сўрови ижобий хал бўлди.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Ma’naviy va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi mutaxassisi Sh.Zokirovaning hisoboti tinglandi.

Ma’lum qilinishicha, shaharda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida 24 ta korxona va tashkilot, 34 ta ta’lim muassasasi hamda 34 ta maktabgacha ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan.

Shuningdek, 2026-yil davomida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash yo‘nalishida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Xususan, 31 ta mahalla va 34 ta ta’lim muassasalarida muhim dastur va strategiyalar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.

“Maromiylik” loyihasi doirasida esa to‘ylar va oilaviy marosimlarni tartibga solish mavzusida 12 ta mahalla, 8 ta ta’lim muassasasi hamda 4 ta tashkilotda targ‘ibot ishlari olib borildi.

Yig‘ilish davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusida ma’naviy-ma’rifiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4