Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUAMMOSIGA AMALIY YeCHIM IZLAMOQDA

📌 DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUAMMOSIGA AMALIY YeCHIM IZLAMOQDA

🔹 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Xusanova tomonidan Sharq yulduzi mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔹 Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Jumladan, Sharq yulduzi mahallasi Tinchlik go‘zari hamda Usmon Nosir ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi sonining ortib borayotgani natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshgani ta’kidlandi.

🔹 Shuningdek, mavjud transformator quvvati yetarli emasligi sababli hududda elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelayotgani, ayniqsa kechki paytlarda elektr energiyasidagi muammolar sabab maktab o‘quvchilari dars tayyorlashda qiyinchilikka duch kelayotgani bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

🔹 Mazkur muammolarni bartaraf etish, aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida deputat tomonidan tuman hokimining o‘rinbosari M.Ibodullayev hamda tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari H.Kenjayevga bir dona qo‘shimcha transformator o‘rnatish bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi.

🔹 Masala ijrosi deputat nazoratiga olingan.

Slide 1 of 3