Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Tuproqqal’a tuman Kengashi qarori qabul qilindi

2026-yil 17-aprel kuni Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Kadastr agentligi tuman bo‘limining 2025-yil davomida yer va kadastr sohasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti ko‘rib chiqildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hisobot davrida:

* 447 ta yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlangan;

* 365 ta noqonuniy qurilish qayd etilgan;

* 87,9 gektar yer maydoni maqsadsiz foydalanilgani uchun zaxiraga qaytarilgan;

* 16 ta ko‘chmas mulk obyektida huquqiy kamchiliklar bartaraf etilgan.

Shuningdek, noqonuniy qurilishlarni aniqlash va oldini olish, yer maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlash hamda zamonaviy texnologiyalar asosida monitoringni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Qarorga muvofiq, deputatlarga joylarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, hokimlik va mutasaddi tashkilotlarga esa qonunbuzilishlarning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish topshirildi.

Mazkur qarorning ijrosi doimiy komissiya tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 2