Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA TIBBIY XIZMAT HOLATI O‘RGANILDI

Хalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda 8-Shovot saylov okrugidan saylangan deputat F. Yusupova tomonidan 19-sonli DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish jarayonida muassasada birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori vositalari va tibbiy jihozlarning mavjudligi, ularning saqlanish holati, shuningdek, tibbiy burchaklarning tashkil etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

💊 Aniqlanishicha, bolalar salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan vositalar bilan ta’minlanganlik darajasi, ularning yangiligi va foydalanish uchun tayyor holatda ekanligiga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash hamda bolalarga tezkor va sifatli birinchi yordam ko‘rsatish tizimini mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2