Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
ULUS MAHALLASIDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, HUQUQIY TUSHUNTIRISHLAR BERILDI

📌 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyat mudiri B.Oblanov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari R.Xonnozov ishtirokida tumandagi Ulus mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, mas’ullar tomonidan muammolarni hal etishda hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

🔹 Tadbir doirasida aholiga O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔹 Shu bilan birga, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari R.Xonnozov fuqarolarga huquqiy masalalar bo‘yicha onlayn maslahatlar berish, shuningdek, birlamchi bepul yuridik xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

🔹 Mazkur uchrashuv aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, huquqiy ong va madaniyatni oshirish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4