Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
#deputatlik_faoliyati

#deputatlik_faoliyati

Respublika ixtisoslashtirilgan Otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy markazi tomonidan Toshkent viloyatida aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan navbatdagi muhim tibbiy tadbir tashkil etildi.

Xususan, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi 34-Qizg‘aldoq okrug deputati Abduraximova Shaxnoza Saidasilovnaning tashabbusi bilan Toshkent tumanida aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Mazkur tibbiy ko‘rik davomida yuqori malakali shifokorlar tomonidan quloq, tomoq va burun hamda bosh-bo‘yin sohasiga oid kasalliklarni barvaqt aniqlash, fuqarolarga bepul tibbiy maslahatlar berish, zarur hollarda qo‘shimcha tekshiruv va davolanish bo‘yicha tavsiyalar berish ishlari amalga oshirildi. Tadbirda turli yosh toifasidagi aholi vakillari qamrab olindi.

Shu bilan birga, ushbu tashabbus deputat Abduraximova Shaxnoza Saidasilovnaning saylovchilar bilan doimiy muloqot olib borish, aholining sog‘liqni saqlash sohasidagi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda joylarda ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan faol deputatlik faoliyatining amaliy ifodasi sifatida e’tirof etildi. Bunday tibbiy ko‘riklar aholining tibbiy madaniyatini oshirish, kasalliklarni oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

https://t.me/TV_Kengash

Slide 1 of 5