Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Qoraboyeva hamda deputat D.Jo‘rayevalar tomonidan Yuqoriqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli “Mahallalarda boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida mahalla yettiligi zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilmani rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilinib, mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.

Shuningdek, mahalla faollari, yettilik a’zolari hamda tuman Kengashi deputatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5