Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Deputat hududlarda

🔷 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 14-A.Ikromov saylov okrugi deputati D.Xamraqulov hamda Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev bilan hamkorlikda Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

🔷 O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat darajasi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash holatlari atroflicha tahlil qilindi.

🔷 Ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy xodim tomonidan 2026-yilning 1-choragi davomida jami 97 nafar fuqaro reyestrga kiritilgan bo‘lib, ulardan 11 nafarining kommunal to‘lovlari qoplab berilgan. Shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan 21 nafar fuqaroga turli ko‘rinishdagi moddiy yordamlar ko‘rsatilgan.

🔷 Bundan tashqari, mahallada uy-joyi ta’mirtalab bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 nafar fuqaroning uyi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, yana 1 nafar fuqaroning uyi esa Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining VII-19-15-11-152-K/26-sonli qarori asosida ajratilgan mablag‘lar hisobidan ta’mirlab berilgan.

🔷 Nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida ham amaliy ishlar olib borilib, 3 nafar fuqaroga elektr yuritmali aravacha, 1 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi hamda 2 nafar fuqaroga hassalar yetkazib berilgan.

🔷Hozirgi kunda mahallada 97 nafar fuqaroga bolalar nafaqasi va moddiy yordamlar muntazam ravishda to‘lab kelinmoqda.

Slide 1 of 8