Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Joriy yilning 20-yanvar kuni Senatda Xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi hamda Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.

Joriy yilning 20-yanvar kuni Senatda Xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi hamda Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda viloyat kengashi vakillari, senatorlar, mutaxassislar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va mamlakatimiz xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor vazifalar hamda ularni amalga oshirishda vakillik organlarining o‘rni va masʼuliyati atroflicha muhokama qildi.

Muhokama jarayonida senator Malika Kodirxonova Murojaatnomada ko‘tarilgan dolzarb masalalarga to‘xtalib, davlat dasturlari va islohotlarni amalga oshirishda mahalliy vakillik organlarining faol ishtirokini taʼminlash muhimligini taʼkidladi. Shuningdek, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni joylarda samarali ijro etish haqida ham fikr yuritildi.

Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yana-da mustahkamlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini taʼminlashda parlament nazorati mexanizmlaridan samarali foydalanish zarurligi alohida qayd etildi.

https://t.me/TV_Kengash

Slide 1 of 7