Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
#Маҳалла_еттилиги_фаолияти
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI VA KOMISSIYA RAISI ISHTIROKIDA IXTISOSLASHTIRILGAN BOG‘CHA XODIMLARI ANONIM TESTDAN O‘TKAZILDI.
янв.21
“ОБОД”НИНГ ЯНГИ БИНОСИ
янв.21
#Депутат_назорати
янв.21
DEPUTAT E’TIBORIDA: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат сўрови ижобий хал бўлди.
янв.21
KADASTR PALATASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XIZMAT SIFATINI BAHOLASH BO‘YICHA ANONIM TEST O‘TKAZILDI.
Deputat o‘rganishidan so‘ng

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️Deputat o‘rganishidan so‘ng

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanbayev Mirobod tumanidagi “Sharof Rashidov” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud ichki infratuzilmasi, obodonlashtirish ishlari hamda ichki yo‘llarning joriy holatini o‘rgangandi. O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar to‘liq bartaraf etildi.

📁 O‘rganish jarayonida hududda qarovsiz qoldirilgan maishiy chiqindilar uyumlari, tartibsiz o‘sib ketgan daraxt shox-shabbalari, shuningdek ichki yo‘llarda yuzaga kelgan mayda nuqsonlar aniqlangandi. Mazkur holatlar ekologik muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va aholi uchun noqulayliklar keltirib chiqarishi qayd etildi.

📉 Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalasi kun tartibiga qo‘yilgandi. Xususan, hududni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlarni tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishilgandi. Qisqa muddatda tuman obodonlashtirish bo‘limi tomonidan hudud chiqindilardan tozalanib, aniqlangan masalalar to‘liq bartaraf etildi.

📁 Deputat bunday joylardagi o‘rganishlar hududlardagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni tizimli hal etishda muhim ahamiyatga egaligini ta’kidladi. Aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish esa doimiy e’tibor va hamkorlikni talab etadi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 8