Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
#Маҳалла_еттилиги_фаолияти
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI VA KOMISSIYA RAISI ISHTIROKIDA IXTISOSLASHTIRILGAN BOG‘CHA XODIMLARI ANONIM TESTDAN O‘TKAZILDI.
янв.21
“ОБОД”НИНГ ЯНГИ БИНОСИ
янв.21
#Депутат_назорати
янв.21
DEPUTAT E’TIBORIDA: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат сўрови ижобий хал бўлди.
Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdisalom Javliyevich tomonidan hududda olib borilayotgan qurilish ishlari yuzasidan nazorat tadbiri amalga oshirildi.

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdisalom Javliyevich tomonidan hududda olib borilayotgan qurilish ishlari yuzasidan nazorat tadbiri amalga oshirildi. Nazorat jarayonida 20-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari atroflicha o‘rganildi. Xususan, mazkur ta’lim muassasasida qo‘shimcha 120 o‘rinli yangi o‘quv binosi hamda zamonaviy sport zali qurilishi davom etayotgani qayd etildi. O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan me’yorlarga muvofiqligi, foydalanilayotgan qurilish materiallari hamda ishlarning borishi deputat tomonidan sinchiklab ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, qurilish jarayonini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Mazkur nazorat tadbiri hududda ta’lim infratuzilmasini yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1