Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
Yoshlar siyosati amalda - “Nayman” mahallasida ijobiy tajriba o‘rganildi

Yoshlar siyosati amalda - “Nayman” mahallasida ijobiy tajriba o‘rganildi

 ↗️ Kengash deputati tashabbusi bilan mahalladagi yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganilib, ilg‘or tajribalar yuqori baholandi.

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “13-Uchtepa” okrugi deputati Karimov Jamshid Fatxullayevich tashabbusi bilan mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor 24 ta yo‘nalishidan biri — mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini o‘rganish maqsadida “Nayman” mahallasida manzilli o‘rganish olib borildi.

 ✨ O‘rganish jarayonida mazkur mahallada faoliyat yuritib kelayotgan yoshlar yetakchisi Xolmirzayeva Sitora Ravshan qizining faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Aniqlanishicha, mahalla yoshlari uchun yaratilgan sharoitlar namunali darajada yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunar o‘rganishi va bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

 🤚 Xususan, “Besh tashabbus” doirasidagi loyihalar yuqori saviyada tashkil etilib, yoshlarning sport, san’at, axborot texnologiyalari va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda. Ushbu tadbirlarning samaradorligi yoshlarning faolligi va erishayotgan natijalarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

 🗣 Shuningdek, o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor joylarda samarali yo‘lga qo‘yilgani, yoshlar bilan ishlash tizimi izchil rivojlanib borayotgani alohida e’tirof etildi.

 🔼 Umuman olganda, “Nayman” mahallasida yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy tajriba sifatida baholanib, ushbu yo‘nalishda erishilgan natijalarni boshqa hududlarda ham ommalashtirish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Slide 1 of 5