Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi

 🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R.Kalanov, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva, tuman Kengashi deputatlari T.Nazarov, F.Salomova, D.Raxmatullayev Olmazor tumani "Nuroniy" jamg‘armasi raisi M.Mirpo‘latov Quyosh mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari ishtirokida Olmazor tumanidagi “Quyosh” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.

📝 Mazkur uchrashuvda mahalla faollari, nuroniylar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar ishtirok etib, avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda mahalla hayotidagi dolzarb masalalarni birgalikda muhokama qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📁 Tadbir davomida nuroniylar tomonidan hayotiy tajriba va maslahatlar berildi, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglandi. Shuningdek, hududni yanada obodonlashtirish, aholi farovonligini oshirish hamda mahalladagi ijtimoiy muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan fikr almashildi.

🔎 Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim muloqot maydoniga aylandi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 10