Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
#24_ta_masala 🤩Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Z.Abdurazzaqova tomonidan o‘z saylov okrugidagi Do‘stlik mahallasida Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda deputat M.Raximov bilan birgalikda hokim yordamchisi faoliyati, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi Jumanov Akram tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida 29 nafar fuqarolar doimiy ish bilan ta’minlangan. Shuningdek, 22 nafar fuqarolarga imtiyozli kredit olish uchun tavsiyalar berilib, kredit ajratilishiga ko‘maklashilgan. 4 nafar fuqarolar kasbiy ko‘nikmalar markazida o‘qitilgan hamda mahalla hududida 5 ta mikroloyiha ishga tushirilgan.

Natijada mahalladagi kambag‘allik darajasi 3,9 foizni tashkil etib, amalga oshirilgan ishlar ijobiy baholanib, qoniqarli deb topildi.

Kelgusida mahallaning ixtisoslashuv darajasini oshirish maqsadida uzumchilik yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4