Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
#kotibiyat_mudiri 🎓 Ishtixon tumanida 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyat mudiri N.Kiyamov tomonidan Ishtixon tumani “Yo‘g‘ontepa” MFY hududida joylashgan 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

Mazkur loyiha doirasida qo‘shimcha 300 o‘rinli yangi o‘quv bino qurilishi ishlari quruvchi tashkilot — “TURON LOYIHA” MCHJ tomonidan boshlab yuborilgan.

Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-393-sonli Qarori asosida amalga oshirilmoqda.

O‘rganish davomida kotibiyat mudiri N.Kiyamov quruvchi tashkilot mas’ullariga qurilish jarayonida loyiha bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi bilan doimiy hamkorlikda ishlash zarurligini ta’kidladi.

🏗 Mazkur loyiha yakunida ta’lim muassasasining o‘quv quvvati kengaytirilib, o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4