Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
#24_ta_masala 🎓 92-maktab sport zali va infratuzilmasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati, 4-Azamat saylov okrugi deputati Shaxlo Normamatovna Mardanova tomonidan saylov okrugidagi 92-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida umumta’lim maktabi sport zali hamda undagi sport anjomlarining holati ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, 92-maktab sport zalining bugungi holati, mavjud sport jihozlari, o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda binoning kirish qismi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida sport zalidan muntazam foydalanilayotgan bo‘lsada, ayrim sport anjomlari eskirgani, voleybol to‘ri va boshqa jihozlarni yangilash, zalni joriy ta’mirlash, yoritish tizimi hamda kirish qismidagi zinapoyalarni tartibga keltirish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, maktab sport zali va infratuzilmasini yanada yaxshilash, bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy sport muhiti yaratish maqsadida tegishli tashkilotlarga takliflar kiritilishi hamda masala deputat nazoratiga olinishi bildirildi.

🤝 Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun munosib sharoit yaratish — sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishning muhim omilidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4