Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
XO‘JAARIQ MAHALLASIDA YETTILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘jamberdiyev va O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari A. O‘rmonovalar tomonidan Xo‘jaariq mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi. Jumladan, hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi sa’y-harakatlar hamda mahalladagi soliq inspektori zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi holati tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan mahalla obodligini ta’minlash, jumladan, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etishda aholining faol ishtiroki va mas’uliyatini oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot ishlari bilan ham tanishildi.

Mahalla raisiga hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika va soliq inspektorlari, ijtimoiy xodimlar imkoniyatlaridan samarali foydalanib, mahallani har tomonlama rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, Xo‘jaariq MFY Kelajak ko‘chasida istiqomat qiluvchi 70 yoshli X. Yo‘ldasheva xonadonida tashkil etilgan issiqxonada qalampir va sarimsoq piyoz yetishtirib, tomorqadan samarali foydalanayotganligi alohida e’tirof etildi.

Bu kabi tashabbuslar aholining o‘zini o‘zi band qilishi va daromadlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 4