Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Uzumchi mahallasini turizm markaziga aylantirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

 Uzumchi mahallasini turizm markaziga aylantirish
bo‘yicha ishlar o‘rganildi
 

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Jumayev tomonidan 12-Chinortagi saylov okrugi deputati Boymatov Isaqjon Jalilovich tashabbusi asosida Uzumchi mahalla fuqarolar yig‘inini turizm markaziga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida hududning mavjud imkoniyatlari, infratuzilma holati hamda istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar bilan yaqindan tanishildi.
Jumladan, Uzumchi MFYda agrar turizmni rivojlantirish maqsadida zamonaviy turizm obyektlari, mehmonxona, uzumchilikka ixtisoslashgan o‘quv markazi, savdo do‘koni hamda xorijiy tillarni o‘rgatish markazini barpo etish rejalashtirilgan.
Mazkur
loyihalar hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, turizm salohiyatini oshirish va aholi, ayniqsa yoshlar bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Rejalashtirilgan ishlar amalga oshirilishi natijasida kamida 50 nafar yoshning doimiy ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda.
Shuningdek, ushbu tashabbuslar orqali mahallaning investitsion jozibadorligi oshadi, xizmat ko‘rsatish sohasi kengayadi hamda zamonaviy turizm infratuzilmasi shakllantiriladi. Natijada Uzumchi mahallasi nafaqat tuman, balki hududiy
miqyosda muhim turizm maskaniga aylanishi kutilmoqda.
  

Slide 1 of 3