Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
SO‘FILAR MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J. Shermatov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘jamberdiyev hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari A. O‘rmonovalar tomonidan So‘filar mahalla fuqarolar yig‘inida mahalladagi xotin-qizlarni tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Xususan, mahalla hududida istiqomat qiluvchi Z. Umarova o‘z xonadonida kasanachilik yo‘nalishida milliy liboslar tikish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Hozirgi kunda ushbu faoliyat orqali 10 nafardan ortiq xotin-qizlar ish bilan ta’minlanib, o‘z daromad manbalariga ega bo‘lib kelmoqda.

Ular tomonidan mahalliy hamda chet eldan buyurtma asosida keltirilayotgan xom-ashyolar asosida tayyorlanayotgan milliy liboslar xaridorlar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ayniqsa, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar tomonidan ushbu mahsulotlar katta mamnuniyat bilan xarid qilinmoqda.

O‘rganish jarayonida bunday tashabbuskor xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, kasanachilik faoliyatini yanada kengaytirish hamda ko‘proq xotin-qizlarni bandlikka jalb etish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3