Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining joriy yil 31-martdagi VII-28-70-7-0-K/26-sonli qaroriga asosan fuqarolarning yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi hamda ushbu yer maydonlarida qurilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqlari rasman e’tirof etildi.

Mazkur qaror ijrosi doirasida Jomboy tumanida 251 nafar fuqaroning mulkiy huquqlari qonuniy jihatdan mustahkamlandi. Natijada ular o‘z mulklariga nisbatan to‘liq egalik qilish, undan erkin foydalanish hamda belgilangan tartibda tasarruf etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Fuqarolarga Xalq deputatlari Samarqand viloyati 17-Ko’kgumbaz saylov okrugi deputati Baratova Nodira Maxsumovna, Xalq deputatlari Jomboy tumani 15-A.Qurbonov saylov okrugi deputati Mamadaliyeva Malika Olimovna hamda kotibyat bosh mutaxassis Boymirzayev Farhod Komiljonovichlar tomonidan egalik huquqi e’tirof etilgan hujjatlar tantanali topshirildi.

✅Ushbu amaliy chora-tadbirlar fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish hamda hududda huquqiy tartibot va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2