Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
#Deputat_sorovi Yo‘l muammolari yuzasidan Samarqand shahar hokimligiga deputat so‘rovi yuborildi

#Deputat_sorovi

Yo‘l muammolari yuzasidan Samarqand shahar hokimligiga deputat so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi 4-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) a’zosi Qudratov Shoxrux Odil o'g'li tomonidan deputatlik so‘rovi chiqarildi.

✅4-Mustaqillik saylov okrugi hududida joylashgan Chaqar mahallasi fuqarolari tomonidan hudud infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq qator murojaatlar kelib tushmoqda.

✅Xususan, mahalla hududidagi ichki ko‘chalarning yo‘l qoplamasi yaroqsiz holga kelib qolgan, ayrim joylarda esa umuman asfalt qoplamasi mavjud emasligi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

✅Ayniqsa, Chaqar mahallasining Mo‘minova hamda Termiz ko‘chalarida joylashgan ichki yo‘llarning qariyb 1 km qismi ta’mirtalab holatda bo‘lib, ularni asfaltlashtirish zarurati mavjud.

👍Mazkur holat fuqarolarning kundalik harakatlanishi va transport qatnoviga jiddiy noqulaylik tug‘dirib, ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumida muammoni yanada keskinlashtirmoqda. Shuningdek, bu holat hududning sanitariya holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

👍Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga rasmiy so‘rov yuborildi. Unda masalani har tomonlama o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

👍 Shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga belgilangan muddatlarda javob taqdim etilishi lozimligi eslatib o‘tilgan.Ushbu masalaning ijobiy hal etilishi hudud aholisi va fermer xo‘jaliklari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ @sam_vil_deputatlari 📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580580010418)

Slide 1 of 1