Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Yoshlar sporti rivoji — e’tiborda

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati J.Mavlyanov tomonidan Toytuyoq mahallasida joylashgan 63- hamda 75-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sport infratuzilmasi, xususan sport zallari va mavjud sport anjomlari holati joyiga chiqib atroflicha o‘rganildi.

🔍 O‘rganishlar davomida bir qator tizimli muammolar aniqlanib, ular ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Jumladan:

▪️ Har ikki maktab hududidagi futbol maydonlari ochiq holatda bo‘lib, ularni tartibli saqlash, xavfsizlikni ta’minlash hamda samarali foydalanish uchun devor bilan o‘rash zarurligi ma’lum bo‘ldi

▪️ Maktab hududlari to‘liq o‘rab olinmaganligi sababli “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlari chorva hayvonlari tomonidan payhon qilinayotgani aniqlanib, bu esa olib borilayotgan obodonlashtirish ishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda

▪️ 63-umumiy o‘rta ta’lim maktabining futbol stadioni yonida joylashgan to‘yxona faoliyati sababli ushbu hudud avtoturargoh sifatida foydalanilayotgani yuzasidan fuqarolar va mahalla faollari tomonidan asosli e’tiroz va murojaatlar bildirildi. Bu holat sport maydonidan maqsadli foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda

📌 Aniqlangan barcha muammolar yuzasidan deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarilishi belgilandi. Mazkur masalalar qat’iy nazoratga olinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

🤝 Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, yoshlar uchun munosib sharoit yaratish va mavjud muammolarni tizimli hal etish — doimiy e’tiborda. 

Slide 1 of 4