Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minoti yaxshilanmoqda

Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minoti yaxshilanmoqda 

 

✔️Toyloq tumanida aholi murojaatlari asosida hududlardagi ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Jumladan, tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Behzod Rahmatullayev tashabbusi bilan har bir deputatga bosqichma-bosqich 25 million so‘m mablag‘ ajratish orqali mahallalardagi dolzarb masalalarni hal etish taklif etilgan edi. 

 

 ✔️Mazkur tashabbus doirasida aholi tomonidan elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha bir qator taklif va murojaatlar bildirildi. Xususan, Taraqqiyot mahallasiga 50 dona, Talliota mahallasiga 40 dona, Birlik mahallasiga 11 dona, shuningdek Olmazor va Nuroniy mahallalariga elektr simog‘ochlari o‘rnatish masalasi deputatlarga yetkazildi. 

 

 ✔️Kelib tushgan murojaatlar deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, doimiy komissiya muhokamasiga va xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritildi. Natijada ushbu masala ijobiy hal etilib, mahallalarga zarur elektr simog‘ochlarini ajratish bo‘yicha qaror qabul qilindi. 

 

 ✔️Bu esa hududlarda elektr ta’minotini yanada barqarorlashtirish, aholiga qulaylik yaratish hamda infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etilmoqda. Bunday amaliy ishlar aholining turmush farovonligini oshirish, mahallalardagi mavjud muammolarni tizimli hal etishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Bu kabi amaliy ishlar mahallalarda davom etmoqda.

✈️@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 10