Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Tibbiyotdagi islohotlardan aholi rozimi?

Tibbiyotdagi islohotlardan aholi rozimi?

👍Yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu o‘zgarishlar joylarda qay darajada o‘z samarasini bermoqda, aholi tibbiy xizmatlardan qanchalik rozi? Ana shu savollarga javob topish maqsadida Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi deputati Zebiniso Yusupova Payariq tumanida tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

👍O‘rganish jarayonida tumandagi tibbiyot muassasalarida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, shifokorlar faoliyati, dori-darmon ta’minoti hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqotlar o‘tkazilib, ularning tibbiy xizmatlar bo‘yicha fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.

✅Deputat tomonidan o‘rganish natijalari yuzasidan sohadagi mutasaddi tashkilotlar va mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Bu tavsiyalar tibbiyot muassasalarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish, aholi murojaatlariga tezkor va sifatli yechim topish, shuningdek, tibbiyot xodimlarining mas’uliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan.

👍Ta’kidlash joizki, bunday o‘rganishlar joylarda mavjud muammolarni aniqlash, aholi fikrini eshitish va ularga amaliy yechimlar topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, bu kabi tashabbuslar sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarning samarasini yanada oshirishga xizmat qiladi.

⚡️@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 2