Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 Sog‘lom avlod uchun munosib sharoitlar. 

📌Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov va Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati N.Turdiyevlar tomonidan tumandagi “Ko‘rkam diyor” mahallasida joylashgan 2-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi. 

O‘rganish jarayonida maktabning sport zallari, mavjud sport jihozlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, pedagoglar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va ehtiyojlar muhokama qilindi. 

🏸Natijada sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan gimnastik matlar, o‘rindiqlar, sport koptoklari hamda badminton jihozlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. 

Mazkur masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish, maktablarda sport infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda o‘quvchilarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi. 

  

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.  

Slide 1 of 5