Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Navro‘z saylov okrugida “yashil ta’mirlash” ishlari boshlandi

   Bugun deputat M.Mirzayev o‘zi saylangan 17-Navro‘z saylov okrugi hududida joylashgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘rgandi va nazoratga oldi.

 Mazkur ishlar Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 30-martdagi tegishli qarori asosida amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan I-guruh nogironligi bo‘lgan hamda oilasida mehnatga layoqatli a’zolari mavjud bo‘lmagan fuqarolar xonadonlarini energiya tejamkor (“yashil”) ta’mirlash mablag‘ ajratilgan.

 Hozirda ushbu xonadonlarda: • uylarning issiqlik saqlovchi qoplamalari yangilanmoqda

• eski deraza va eshiklar energiya tejamkor turlariga almashtirilmoqda

• quyosh panellari va geliokollektorlar o‘rnatish ishlari boshlangan

• uylarning umumiy energiya samaradorligini oshirish choralari ko‘rilmoqda

 Deputat tomonidan o‘rganish davomida ishlarning sifati, muddatlarga rioya qilinishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha: ✔️ aholining yashash sharoitini yaxshilash

✔️ kommunal xarajatlarni kamaytirish

✔️ energiya resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash

✔️ ijtimoiy adolat va qo‘llab-quvvatlash tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2