Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashiga 5-Yangidiyor saylov okrugidan saylangan deputat Asqarova Nigora Asqarovna tomonidan o‘z saylov okrugi hududida olib borilayotgan investitsiya loyihalari ijrosini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PQ-35-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida “Qulpisar” MFY hududida amalga oshirilayotgan — yiliga 30 ming tonna ohaktosh qazib olish hamda undan shag‘al ishlab chiqarishni tashkil etish, natijada 50 nafar yangi ish o‘rni yaratishga qaratilgan investitsiya loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida deputat korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik uskunalar, xomashyo bazasi hamda mahsulot tayyorlash bosqichlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, loyiha doirasida yaratilayotgan ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari, ishchilarning ijtimoiy himoyasi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etilishi masalalari alohida e’tiborga olindi. Deputat tomonidan loyiha amalga oshirilishining hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qo‘shayotgan hissasi, xususan, bandlikni ta’minlash, mahalliy byudjet tushumlarini oshirish va infratuzilmani rivojlantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 5