Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Qonun ijrosi o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yil aprel oyiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati S.Madjitov hamda kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tuman G‘aznachilik xizmati bosh mutaxassisi N.Dehkanov ishtirokida tuman Obodonlashtirish boshqarmasida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdilar.

🔹O‘rganish davomida Obodonlashtirish boshqarmasining bosh hisobchisi M.G‘afurova korxona tomonidan tovar va xizmatlar xarid qilishda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

🔹Deputаt tomonidan xaridlarning asosiy prinsiplaridan: kasbiy mahorat va mas’uliyatlilik, moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha e’tibor berilayotgan asosiy omillar haqida savol-javoblar o‘tkazildi.

🔹Tahlillarga ko‘ra, Qonunning 33-moddasiga muvofiq tovar va xizmatlar xaridlari ular qiymati bozor narxlariga muvofiqligi ochiq axborot manbalaridagi axborotlar yoki boshqa ishonchli manbalar orqali tekshirilmasdan, muntazam ravishda “https://cooperation.uz/” portali orqali amalga oshirilayotganligi aniqlandi.

🔹O‘rganish yakunida deputat tomonidan korxona rahbari A.Rixsitillayevga barcha tegishli mas’ullarni Qonun bilan qayta tanishtirish hamda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4