Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Sessiya davomida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya davomida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

🟢Jumladan, Qiziriq tumani Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq tuman tibbiyot birlashmasi hamda sog‘liqni saqlash muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘rganish natijalari tinglandi. Mazkur masala bo‘yicha Kengashning ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Q.Igamberdiyeva axborot berdi.

🟢Shuningdek, ushbu yo‘nalishda o‘tkazilgan deputatlik o‘rganishlari yuzasidan Qiziriq tumani Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi kotibi, deputat J.Donayevning axboroti eshitildi.

🟢Sessiyada yana bir muhim masala — tumanda “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 1-mavsum yakunlariga ko‘ra “Openbudget.uz” portalida g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish va moliyalashtirish holati muhokama qilindi. Bu borada Kengashning mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Ochildiyev hisoboti tinglandi.

🟢Bundan tashqari, agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport yo‘nalishlariga oid masalalar ham ko‘rib chiqildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-47-sonli qarori ijrosi, suv bilan ta’minlangan va ta’minlanmagan hududlarda joylashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari ro‘yxatini tasdiqlash yuzasidan doimiy komissiya raisi A.Xolmo‘minov axborot berdi.

🟢Ko‘rib chiqilgan barcha masalalar doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida muhokama etilgani inobatga olinib, deputatlar tomonidan ma’qullandi.

❗️Qabul qilingan qarorlar ijrosi doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61584721825136) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 9