Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar ko‘rib chiqildi

Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar ko‘rib chiqildi

👨‍👩‍👦Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

⚡️Yig‘ilishda tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktor o‘rinbosari B.Do‘syorov tomonidan bir qator muhim masalalar yuzasidan hisobotlar taqdim etildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-sonli qarori ijrosini ta’minlash, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda suv bilan barqaror ta’minlangan va ta’minlanmagan hududlarda joylashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari ro‘yxatini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

📄Shuningdek, suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati hamda sug‘orish mavsumida yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini belgilash yuzasidan hisobotlar eshitildi.

📄Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan mazkur masalalar yuzasidan qator savollar, taklif va tavsiyalar bildirildi.

📄Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar deputatlar tomonidan ma’qullandi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

 (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 2