Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Qonun ustuvorligi — faoliyat samaradorligining asosi

 Qonun ustuvorligi — faoliyat samaradorligining asosi. 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi raisi Z.Ashurov tomonidan tuman Kengashi
deputatlari hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi vakillari
ishtirokida qonun talablarini chuqur oʻrganishga qaratilgan navbatdagi
yigʻilish oʻtkazildi. Unda deputatlarning huquqiy bilimlarini yanada
mustahkamlash, amaldagi qonun hujjatlarini toʻgʻri qoʻllash hamda faoliyat
samaradorligini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.  

Yigʻilishda Kengash raisi Z.Ashurov hamda Kengash kotibiyati mudiri R.Nodirovlar tomonidan
deputatlarga Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-sentyabrda qabul qilingan
“Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-792-son Qonuni hamda 1996-yil
29-avgustdagi “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-265-I-son
Qonunining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. 

Xususan, “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonunda raqamli iqtisodiyot sharoitida savdo
munosabatlarini tartibga solish, elektron shartnomalar tuzish,
ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari hamda xavfsizlik masalalariga doir
muhim jihatlar yoritildi. 

Shuningdek, “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunda aholi salomatligini
muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va fuqarolarning sogʻliqni
saqlash sohasidagi huquqlarini taʼminlash boʻyicha asosiy normalar tushuntirib
oʻtildi. 

Yigʻilish yakunida deputatlar tomonidan qonun hujjatlarini amaliyotga samarali tatbiq
etish, aholi oʻrtasida huquqiy targʻibot ishlarini kuchaytirish hamda
sohalardagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar
bildirildi.  

Slide 1 of 3