Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi”

 “Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi” 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi raisi Tangriberaganov Mahmudjon Allaquliyevich bugun Sherobod
mahallasidagi 53-son umumta’lim maktabi binosida yoshlar bilan muhim uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv davomida 2024-yil 14-noyabrda qabul qilingan O‘RQ-996-sonli “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka, ayniqsa yosh avlod vakillariga siyosiy-huquqiy jihatdan atroflicha tushuntirildi.
 

Ushbu qonun mamlakatda inson huquqlari, xususan bolalar manfaatlarini himoya qilish borasidagi davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, yoshlarni har qanday zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz ruhda tarbiyalash, ularning huquqiy ongi va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifasi ekani alohida qayd etildi.
  

Slide 1 of 1