Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
#Маҳалла_еттилиги_фаолияти
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI VA KOMISSIYA RAISI ISHTIROKIDA IXTISOSLASHTIRILGAN BOG‘CHA XODIMLARI ANONIM TESTDAN O‘TKAZILDI.
янв.21
“ОБОД”НИНГ ЯНГИ БИНОСИ
янв.21
#Депутат_назорати
янв.21
DEPUTAT E’TIBORIDA: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат сўрови ижобий хал бўлди.
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Yig‘ilish davomida Kengashning tasdiqlangan ish rejasining ijrosi, belgilangan vazifalarning bajarilish holati va har bir sohada amalga oshirilayotgan loyihalar atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, aholining ijtimoiy ehtiyojlari, yoshlarning bandligi, sport va madaniy tadbirlar tashkil etish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi holatlar ham ko‘rib chiqildi.

 Jumladan, ijtimoiy soha yo‘nalishida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam ko‘rsatish masalalari, madaniyat va sport sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish, mavjud inshootlarni modernizatsiya qilish va yoshlar orasida sport faoliyatini kengaytirish masalalari bo‘yicha batafsil tahlil qilindi.

 Yig‘ilishda shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan loyihalarni samarali rejalashtirish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Komissiya a’zolari barcha ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarish zarurligini ta’kidladi.

 Doimiy komissiya faoliyati nafaqat Kengash ishining tizimli tashkil etilishiga, balki aholining ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni qondirishga ham katta hissa qo‘shadi. Yig‘ilish natijalari bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, keyingi bosqichlarda amaliy ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 1