Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
#Маҳалла_еттилиги_фаолияти
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI VA KOMISSIYA RAISI ISHTIROKIDA IXTISOSLASHTIRILGAN BOG‘CHA XODIMLARI ANONIM TESTDAN O‘TKAZILDI.
янв.21
“ОБОД”НИНГ ЯНГИ БИНОСИ
янв.21
#Депутат_назорати
янв.21
DEPUTAT E’TIBORIDA: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат сўрови ижобий хал бўлди.
MUAMMO VA YONDASHUV

Deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 13 bandi (boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati) ijrosini ta’minlash bo‘yicha shahar Kengashi deputati N.Sharipova shahardagi “Jingavuz” mahallasida shahar kadastr agentligi, shahar arxitektura bo‘limi, mahallaga biriktirilgan shirkat tashkilotining xodimlari ishtirokida yashil makon, ekin ekish va sug‘orish tizimlarini xal qilish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida “Jingavuz” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning holati tanqidiy tahlil qilindi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha ko‘p qavatli uylarning yerto‘la qismidagi muhandislik tarmoqlarini ta’mirlash va kirish yo‘laklarini (pod’ezdlarni) tartibga keltirish, shahar kadastr va arxitektura bo‘limi mutaxassislari bilan birgalikda ekin maydonlarining chegaralari va sug‘orish tizimini o‘tkazish loyihasi ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, ekinlarni uzluksiz suv bilan ta’minlash maqsadida mavjud sug‘orish tarmoqlarini tiklash va yangi kichik sug‘orish nuqtalarini barpo etish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi hamda mahalla atrofidagi tungi yoritish chiroqlarini yangilash va chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish tizimini qat’iy nazoratga olish borasidagi ishlar amalga oshirilishi belgilab olindi. 

Slide 1 of 1