Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
#o'rganish

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Muhiddin Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Mukarram Nematullayevalar tomonidan shahar Adliya bo‘limida hamda davlat xizmatlari markazida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini tahlil qilish hamda tizimdagi mavjud holatni o‘rganishdan iborat.

🔍 O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

🔹Yuridik xizmatlar sifati: Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularga bepul huquqiy maslahatlar berish va davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi;

🔹Amalga oshirilgan ishlar tahlili: Bugungi kunga qadar bo‘lim tomonidan qancha fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangani va qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi hisobotlar muhokama qilindi;

🔹Muammolar va yechimlar: Sohaga oid masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

✍️Kelgusidagi rejalar:

Uchrashuv yakunida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda davlat xizmatlarini sifatini oshirish bo‘yicha mahallalarda targ'ibot tadbirlarini ko‘paytirish va deputatlik so‘rovi asosida dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 4