Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Deputat va Kengash raisi qabulda ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq, Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i A.A.Rasulovning Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi raisi X.Z.Kayumov, Mirobod tuman Ekologiya partiyasi bilan birgalikda Mirobod tumani Sharof Rashidov MFY binosida “Sayyor qabul” bo‘lib o‘tdi.  

Ushbu “Sayyor qabul”da mahalla aholisi, deputatlar va jamoat vakillari ishtirok etdi.

Qabulda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, daraxtlarni asrash va ko‘kalamzorlashtirish, atmosfera havosini himoya qilish, shuningdek, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi yo‘nalishlarda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar batafsil ko‘rib chiqildi. Mas’ullar tomonidan murojaatlar yuzasidan qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi, ayrim muammolar joyida hal etilib, qolganlari bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanadi.

“Sayyor qabul”ning asosiy maqsadi aholining ekologiya sohasidagi muammolarini bevosita joyiga chiqib o‘rganish, samarali muloqot o‘rnatish va amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat. Qabul ekologiya masalalariga bag‘ishlangan holda ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 

Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 

Slide 1 of 12