Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar tomonidan Navbahor mahallasida aholi muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat G.Xudoyarova hamda 18-Navbahor saylov okrugi deputati X.Xojibekov tomonidan Navbahor mahallasida aholi turmush tarzi va mavjud muammolar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani, mahallaning infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Shu bilan birga, aholi tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar asosida kommunal sohada, xususan elektr energiyasi hamda ichimlik suvi ta’minotida muammolar mavjudligi aniqlandi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish belgilandi. Mazkur masala nazoratga olindi.

Slide 1 of 7