Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Hududdagi muammolar o‘rganildi va yechimlar belgilandi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Omonqul tomonidan mahallada sayyor uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvda mahalla “yettiligi”, mahalla oqsoqollari, faollar hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholining muammolari va ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi. Shuningdek, mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim hamda yoshlar yetakchisining ish faoliyati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ayrim kamchilik va muammolar aniqlanib, xususan, ijtimoiy xodimning samarali faoliyat olib borishi uchun zarur texnik vositalar, jumladan kompyuter jamlanmasiga ehtiyoj mavjudligi qayd etildi. Mazkur holat xizmat vazifalarini to‘liq va sifatli bajarishda muayyan qiyinchiliklar tug‘dirayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ijtimoiy soha xodimlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ijtimoiy xodimning samarali faoliyat olib borishi uchun zarur texnik vositalar, kompyuter jamlanmasi bilan ta'minlash bo'yicha taklif kiritilishi ta'kidlandi

Slide 1 of 4