Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Termiz tumanida tibbiyot sohasida muhim qadam

Termiz tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli muassasada “Open Budget” loyihasi doirasida yutib olingan zamonaviy mammografiya apparatini o‘rnatish uchun ajratilgan yangi bino ta’mirlash jarayoni deputat ishtirokida o‘rganildi.

Xalq deputatlaari Termiz tuman Kengashi deputati G.Shafoatova o‘rganish davomida qurilish-ta’mirlash ishlari sifati, xonalarni sanitariya va tibbiy talablarga moslashtirish, elektr ta’minoti hamda zarur muhandislik kommunikatsiyalarining tayyorligi ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan ishlarning belgilangan muddatda va sifatli yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

Mazkur apparat ishga tushirilishi natijasida tumandagi ayollar salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash va zamonaviy diagnostika xizmatlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyati yanada kengayadi. Bu esa hududda tibbiy xizmat sifatini yangi bosqichga olib chiqadi.

Slide 1 of 4