Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-Xisarak saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich o‘zi saylangan hudud “Chinorbuloq” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida deputat mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyatini o‘rganib, hududda yashovchi yolg‘iz keksa fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha tahlil qildi. O‘rganishlar natijasida mahallada 13 ta davlat ta’minotidagi oila, 29 ta kambag‘allik reyestriga kiritilgan oila, 1 ta ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan oila mavjudligiijtimoiy xodim tomonidan ma`lum qilindi.Shu bilan birga, muborak Ramazon oyi munosabati bilan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan xayriya tadbirlari davomida ayrim oilalarga 500 ming so‘mdan 1 million so‘mgacha moddiy yordamlar ajratilgani aytib o‘tildi. 

Slide 1 of 1