Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
#Маҳалла_еттилиги_фаолияти
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI VA KOMISSIYA RAISI ISHTIROKIDA IXTISOSLASHTIRILGAN BOG‘CHA XODIMLARI ANONIM TESTDAN O‘TKAZILDI.
янв.21
“ОБОД”НИНГ ЯНГИ БИНОСИ
янв.21
#Депутат_назорати
янв.21
DEPUTAT E’TIBORIDA: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат сўрови ижобий хал бўлди.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati– O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlik guruhi o‘rganish ishlarini olib brishdi

 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati– O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlik guruhi rahbari R.Yegitaliyev va a’zolari partiyaning “Suv resurslaridan oqilona foydalanamiz” loyihasi doirasida Bag‘dod tumanidagi bir qator fermer xo‘jaliklarida bo‘lib, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va suv isrofgarchiligining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔷 Aholi sonining o‘sishi va iqtisodiyotning jadal rivojlanishi suvga bo‘lgan ehtiyojni orttirmoqda. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida sug‘orish uchun suv tanqisligi dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda. Shu bois fermerlar tomonidan suvni tejovchi zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🔷 O‘rganish jarayonida “A.Madaminov”, “G‘ayrat Sherali Bag‘dod”, “Paxta hidi”, “Fatxul Ziroat Zamini” va “Vodiy Chashma-Firdavs” fermer xo‘jaliklarida o‘rnatilgan suv tejovchi tizimlar faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Fermerlar bilan suhbat chog‘ida ularning faoliyatidagi ayrim muammolar va yechim talab qiladigan masalalar ham o‘rganildi.

Slide 1 of 6