Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
#Маҳалла_еттилиги_фаолияти
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI VA KOMISSIYA RAISI ISHTIROKIDA IXTISOSLASHTIRILGAN BOG‘CHA XODIMLARI ANONIM TESTDAN O‘TKAZILDI.
янв.21
“ОБОД”НИНГ ЯНГИ БИНОСИ
янв.21
#Депутат_назорати
янв.21
DEPUTAT E’TIBORIDA: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат сўрови ижобий хал бўлди.
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi" yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi.

Unda "2025-yil dekabr oyida tuman hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan devonxona mudiri F. Yarashovning axboroti" muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida va sifatli hal etish, shuningdek, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish orqali hududdagi dolzarb muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik, har bir murojaat egasiga qonun doirasida asosli javob berish, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Komissiya a’zolari tomonidan bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini tizimli nazoratga olish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3