Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
#Маҳалла_еттилиги_фаолияти
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI VA KOMISSIYA RAISI ISHTIROKIDA IXTISOSLASHTIRILGAN BOG‘CHA XODIMLARI ANONIM TESTDAN O‘TKAZILDI.
янв.21
“ОБОД”НИНГ ЯНГИ БИНОСИ
янв.21
#Депутат_назорати
янв.21
DEPUTAT E’TIBORIDA: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат сўрови ижобий хал бўлди.
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 23-Tallashqon saylov okrugi deputati Xolmurodov Xayrulla tomonidan Tallashqon MFY, Yangiqishloq ko‘chasida olib borilayotgan asfaltlash ishlari o‘rganildi. Mazkur hududda umumiy uzunligi 1,5 kilometr bo‘lgan ichki yo‘lni asfaltlash rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda ishlar belgilangan tartib asosida sifatli amalga oshirilmoqda.Ushbu tashabbus, eng avvalo, aholi uchun qulaylik yaratish, transport qatnovini yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Loyiha Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan dastlabki manzilli ro‘yxat asosida amalga oshirilmoqda. Nazorat jarayonida yo‘lning asfalt qoplamasi sifati, qalinligi hamda belgilangan texnik talablarga muvofiqligi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla aholisi bilan muloqot o‘tkazilib, ular tomonidan bildirilgan ijobiy fikr va takliflar tinglandi. Mazkur ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda transport harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1