Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
BOLALAR SALOMATLIGI — DOIMIY NAZORATDA: URGANCH SHAHRIDA YANGI TIBBIY LOYIHA TASHABBUSI

Prezidentimizning PQ-186-sonli qarorining Urganch shahridagi ijrosini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari tomonidan yosh avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati tahlil qilindi. 

Bu borada asosiy e’tibor – bolalar saratoni va unga qarshi kurashish, shuningdek, onkologik kasalliklarga qarshi kurashayotgan bolalarga yaratilgan sharoitlarga qaratildi. 

O‘rganish jarayonida shahar tibbiyot birlashmasida bolalar uchun mo‘ljallangan alohida bino mavjud emasligi tibbiy xizmat samaradorligiga to‘sqinlik qilayotganligi aniqlandi.

Yuqoridagi o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tizimli xal etish maqsadida Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Masharipov tomonidan ushbu masalani hal etishda hamkorlik qilish yuzasidan viloyat Kengashining mas’ul doimiy komissiyasiga taklif kiritildi.  

Maqsad Viloyat Kengashining sessiyasida mazkur masalani muhokama qilish orqali Urganch shahrida zamonaviy talablarga javob beradigan alohida bolalar bo‘limini tashkil etishdan iborat.