Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Deputat tomonidan loyihalar ijrosi o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzayev tomonidan Kengashning 2026-yil 7-fevraldagi VII-19-9-11-168-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan, 2026-yilda Marg‘ilon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning manzilli ro‘yxati asosida hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida bir qator loyihalarning bugungi holati, yaratilgan ish o‘rinlari hamda ularni amalga oshirish jarayonidagi muammolar tahlil qilindi.

🔹Xususan, “Luntik” xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyiha doirasida 4 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ajratilgan kredit mablag‘lari to‘liq yopilgan. Loyiha amalda mavjud bo‘lsa-da, muassasani yanada rivojlantirish va ta’mirlash ishlarini yakunlash uchun qo‘shimcha mablag‘ zarurligi qayd etildi. Muassasa rahbari U.Madrahimova tomonidan mavjud ehtiyojlar yuzasidan takliflar bildirildi.

Shuningdek, Yayilma MFY hududida joylashgan savdo do‘koni faoliyati ham o‘rganildi. Mazkur loyiha asosida 2 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, tadbirkor tomonidan loyiha mavjudligi, biroq kredit mablag‘lari jalb etilmaganligi ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, M. Yusupov rahbarligidagi “Nur” kafesi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Ushbu loyiha doirasida 10 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🔹O‘rganishlar yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlar faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6