Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan monitoring o‘tkazildi

Tuman Kengashi deputati P.Tojiboyev hamda Kengash kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar tomonidan “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi (O‘RQ-393-son) Qonunning tumandagi ijrosi yuzasidan monitoring va o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar davomida qonunning 4-bobi — “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga doir talablar” hamda 36-moddasi — “Fuqarolarni gigiyenik o‘qitish va tarbiyalash” bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tiborga olindi.

Jumladan, fuqarolar o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari, tushuntirish tadbirlari va o‘quv mashg‘ulotlarining holati o‘rganildi. Asosiy e’tibor hududlarda chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilayotganiga qaratildi.

Monitoring natijalariga ko‘ra, ayrim tashkilot va muassasalarda gigiyenik o‘qitish va tarbiyalash ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi aniqlandi. Shu bilan birga, aholining sanitariya madaniyatini oshirish, profilaktik chora-tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish va tuman Kengashi deputatlari bilan birgalikda aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3