Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
MAHALLA OSOYISHTALIGI — BOSH MEZON: DEPUTAT N.SHARIPOVA "QIZIL" VA "SARIQ" HUDUDLARDAGI VAZIYATNI O‘RGANDI

Xalq deputatlari shahar Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 20 bandi ijrosini ta’minlash bo‘yicha shahar Kengashi deputati N.Masharipova shahardagi “Jingavuz” mahallasi fuqarolarining bir guruhi bilan uchrashdi. 

Ushrashuvdan asosiy maqsad Urganch shahar Kengashi deputati N.Sharipova o‘zining mahalla raisi va deputat sifatida faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida, mahallabay ishlash tizimi asosida jinoyatchilikka qarshi kurashish holatini tahlil qilish, huquqbuzarliklar kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va hududning "yashil" toifaga o‘tishini ta’minlash bo‘yicha manzilli choralar ko‘rish vazifasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. 

Bu borada mahallaning "Qizil" va "sariq" hududlarida jinoyat sodiretilish xavfi yuqoribo‘lgan nuqtalar ko‘zdankechirildi. Ushbu hududlarda tungi yoritish tizimlarining holati, videokuzatuv moslamalarining qamrovi va mahalla faollarining hushyorligi masalalari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, deputat N.Sharipova aholi vakillari bilan uchrashib, mahalladagi xavfsizlik muhiti haqida ularning fikrini tingladi. Aholini tashvishga solayotgan ijtimoiy muammolar (ishsizlik, oilaviy nizolar) jinoyatchilikni kamaytirish uchun ko‘riladigan choralar belgilab olindi. 

Ushbu uchrashuv va o‘rganishlardan ko‘zlanayotgan asosiy maqsad o‘rganish davomida aniqlangan tizimli kamchiliklar bo‘yicha tegishli organlarga deputatlik so‘rovi yuborish hamda mahalladagi osoyishtalikni ta’minlashdan iborat. 

Slide 1 of 1