Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Kengash raisining saylovchilar bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi.

🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev tomonidan Toshkesar mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv aholining muammolarini o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini eshitish hamda joylarda mavjud masalalarga yechim topish maqsadida o‘tkazildi.

🔹Uchrashuvda viloyat Kengashi deputati Z.G‘ofurova, shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, hudud deputati X.Mashrabayeva, shahar Kengashi deputati A.Mahkamov, “Madad” nodavlat notijorat huquqiy maslahat byurosi Marg‘ilon shahar bosh mutaxassisi S.Ismoilov, shuningdek mahalla yettiligi vakillari, obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari hamda kommunal soha mutasaddilari ishtirok etdilar.

🔹Muloqot davomida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan bir qator dolzarb masalalar bilan murojaat qildilar. Xususan, oqava suv tizimidagi muammolar, hududdagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish zarurati, shuningdek kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat atroflicha tinglanib, mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi.

🔹Kengash raisi tomonidan bildirilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ijrosini nazoratga olish belgilandi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tartibda ishlar olib borilishi ma’lum qilindi.
Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan bevosita ishlash, ularning dardini eshitish va amaliy yechimlar topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan bu kabi uchrashuvlar davom etadi.

Slide 1 of 10