Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Hududda tadbirkorlik va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Tuman Kengashi deputatlari O‘.Akkulov, P.Tojiboyev hamda Kengash kotibiyat mudiri M.G‘oibnazarovlar tomonidan hududda hokim yordamchisi faoliyati atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar holati va “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishalar tahlil qilindi.

Xususan, hududda mavjud iqtisodiy imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholining daromad manbalarini kengaytirish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tumanda uzumchilikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolar o‘rtasida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi. Uchrashuvlar davomida uzum yetishtirishning afzalliklari, yuqori daromad keltiruvchi navlar, yer maydonlaridan unumli foydalanish, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish, kredit va subsidiya olish tartiblari, loyihalarni shakllantirish hamda biznesni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Slide 1 of 4