Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Marg‘ilonda mehmonxona xizmatlarini rivojlantirish ishlari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-sonli qarori hamda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 7-fevraldagi VII-19-9-11-168-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda shahar Kengashi deputati, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova Yuksalish mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. O‘rganishlar MFY raisi F.Kuldashev hamrohligida tashkil etildi.

Oʻrganishda 2026-yilda Marg‘ilon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish doirasida “Ipak Yo‘li” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan mehmonxona xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar natijasida mazkur loyiha doirasida hududda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi va mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, loyiha ijrosini jadallashtirish, xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi doimiy nazoratga olingan bo‘lib, bu boradagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 7